O‘zbekistonda yana go‘sht narxi oshib bormoqda

O‘zbekistonda mol go‘shti narxining oshishi davom etmoqda. Shu bilan birga, mamlakatga olib kirilayotgan import hajmi ketma-ket ikki oy davomida qisqargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida mamlakatga 57 million dollarlik 11,2 ming tonna mol go‘shti import qilingan. Bu mart oyiga nisbatan 1,5 ming tonnaga kam ko‘rsatkichni tashkil etgan.
Shuningdek, qo‘y va tovuq go‘shti importi ham qisqargani qayd etilmoqda. Mutaxassislar bu holat ichki bozordagi narxlarga ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda.
Ayni paytda go‘sht mahsulotlari narxi oshishda davom etmoqda. Xususan, yillik hisobda qo‘y go‘shti narxi 20 foizdan ortiqqa qimmatlashgan.





























Izohlar 0
…