07:39 / 15.06.2021
1 752

JCH saralashi. Bugun 3-bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi!

JCH saralashi. Bugun 3-bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi!

Jahon chempionati 2-saralash bosqichi odatdagidan uzoqroq muddat davom etdi. Pandemiya tufayli ko‘proq vaqtimizni olgan bosqich bugun o‘z nihoyasiga yetadi.

Umumiy 8 guruhning 7 tasida barcha o‘yinlar o‘tkaziladi. Faqatgina "H" guruhida barcha bellashuvlar bo‘lib o‘tgan. Janubiy Koreya g‘olib sifatida keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, Livan eng yaxshi ikkinchi o‘rin nomini qo‘lga kiritishdan umidvor.

Qolgan 14 uchrashuv esa, 3-bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomiga oydinlik kiritib berishi lozim. Hozircha, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda Suriya terma jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritib ulgurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » JCH saralashi. Bugun 3-bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ladi!