Ronaldu O‘zbekistonga qarshi dubl qayd etdi

Ronaldu O‘zbekistonga qarshi dubl qayd etdi

JCH-2026 “K” guruhi ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu bahsda ikki marta O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida portugaliyaliklar hisobni ochdi. Qanotdan amalga oshirilgan uzatmadan keyin Ronaldu to‘pni Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.

17-daqiqada Portugaliya ustunligini yanada oshirdi. Nunu Mendesh jarima zarbasidan samarali foydalanib, jamoasining ikkinchi golini urdi.

37-daqiqada Ronaldu yana bir bor o‘z mahoratini namoyish qildi. 41 yoshli hujumchi uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida esa Abduqodir Husanov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Shu tariqa, Portugaliyaning ustunligi to‘rtta golga yetdi.

Ronaldu O‘zbekistonga qarshi urgan dubldan keyin jahon chempionatlaridagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.

JCH-2026. Guruh bosqichi, 2-tur

Portugaliya — O‘zbekiston — 4:0

Gollar: Ronaldu, 6, 37; Mendesh, 17; Abduqodir Husanov, 60 — avtogol.

Maqola taqdim etilgan paytda uchrashuvning 77-daqiqasi davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar