23:50 / 31.07.2021
1 935

Ulug‘bek Baqoyev: "Amanov oilaviy sabab tufayli jamoamizni tark etdi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Amanov oilaviy sabab tufayli jamoamizni tark etdi"

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun kurashlarga va hujumlarga boy o‘yin bo‘ldi. Tanaffusdan keyingi ilk rasmiy o‘yinimiz edi. AGMK jamoasini juda yaxshi bilamiz, tarkibida mahoratli ijrochilar bor. Mirjalol Qosimovning qanday murabbiyligini, uning talablarini bilaman. Shu bois uning jamoasi yuqorida bormoqda. Bugungi durang menimcha adolatli natija. Bir ochko musobaqa jadvalida yana yuqoriga ko‘tarilish uchun stimul bo‘ladi.

Arslanmirat Amanov oilaviy sabablar tufayli jamoamizni tark etdi. Uning otasi va turmush o‘rtog‘i kasal ekan. Shu bois o‘zaro kelishgan holda u bilan shartnomani bekor qildik. Arslanmirat uyiga borib oila a’zolarning yonida bo‘lishni xohladi.

Tarkibga Jasur Hakimov va kichik Darko Stanoyevichni qo‘shib oldik. Hakimov ham ayni paytda kasal, Stanoyevich esa sekin-asta jamoamizga qo‘shilib boradi. Ikkinchi davradan oldin tarkibga boshqa yangi futbolchilar kelmaydi", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Amanov oilaviy sabab tufayli jamoamizni tark etdi"
[/banner_pushhouse