12:57 / 20.08.2021
1 972

O‘zbekiston MTJ tarkibida Ravshan Haydarov ham bo‘ladi

O‘zbekiston MTJ tarkibida Ravshan Haydarov ham bo‘ladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Srechko Katanes Toshkentga tashrif buyurganidan xabaringiz bor.
Kecha sloveniyalik mutaxassis "Bunyodkor", "Paxtakor", AGMK stadionlari, shuningdek MOQ binosiga tashrif buyurdi. Bugun esa katta ehtimol bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, yangi tuziladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Srechko Katanes o‘zi bilan ikki nafar yordamchi olib keladi. Shuningdek, murabbiylar shtabidan Ravshan Haydarov ham o‘rin oladi. Katanes boshchiligidagi murabbiylar shtabida o‘zbekistonlik mutaxassis ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan va O‘FA bu borada Haydarov nomzodini ilgari surgan.

Bilasiz, ayni paytda Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ tarkibida Ravshan Haydarov ham bo‘ladi