WhoScored Portugaliya va O‘zbekiston futbolchilariga qanday baho qo‘ydi?

JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda yevropaliklar 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
WhoScored xalqaro statistika portali uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilarning harakatlarini baholadi.
Bahsda ikki gol urgan Krishtianu Ronaldu eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi. Portugaliya sardoriga 9 ball qo‘yildi.
Ronaldudan keyin Nunu Mendesh 8,8 ball, Brunu Fernandesh esa 8,7 ball bilan yuqori natija qayd etdi. Ruben Diash va Joau Kanseluning harakatlari 7,9 ballga baholandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi safida Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov eng yuqori — 6,5 ball oldi. Abbosbek Fayzullayev va Behruz Karimovga 6,3 balldan qo‘yildi.
Milliy jamoamizda eng past baholar Abduvohid Ne’matov, Otabek Shukurov va Odil Hamrobekovga berildi. WhoScored ro‘yxatida Ne’matov 4,4, Shukurov 5,4, Hamrobekov esa 5,5 ball olgan.
Futbolchilarning to‘liq baholari:
Portugaliya:
Koshta — 7,5
Mendesh — 8,8
Veyga — 7,1
Diash — 7,9
Kanselu — 7,9
Vitinya — 7,1
Nevesh — 7,0
Feliks — 7,4
Fernandesh — 8,7
Netu — 6,7
Ronaldu — 9,0
O‘zbekiston:
Ne’matov — 4,4
Nasrullayev — 6,0
Husanov — 6,5
Abdullayev — 5,8
Ashurmatov — 5,8
Shukurov — 5,4
Hamrobekov — 5,5
Karimov — 6,3
G‘aniyev — 6,1
Fayzullayev — 6,3
Shomurodov — 6,5
Shu tariqa, dubl muallifi Krishtianu Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida eng yuqori bahoni qo‘lga kiritdi.































Izohlar 0
…