Ronaldu O‘zbekiston ustidan g‘alabadan keyin nimalar dedi?

Cristiano Ronaldo 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechgan va 5:0 hisobida yakunlangan bahsdan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik yulduz uchrashuvdagi yirik g‘alaba hamda o‘zining shaxsiy rekordi haqida fikr bildirar ekan, jamoaviy natija shaxsiy yutuqlardan ustun ekanini alohida ta’kidladi.
Cristiano Ronaldo 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechgan bahsdan keyin o‘z taassurotlari bilan ulashdi. Portugaliyalik yulduz jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasi va shaxsiy rekordi haqida fikr bildirdi.
5:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Ronaldu jamoaviy natija shaxsiy yutuqlardan ustun ekanini ta’kidladi.
— Men juda xursandman. Biroq men uchun eng muhim jihat — bu jamoamizning mehnati va maydonda namoyish etgan o‘yinidir. Biz yaxshi harakat qildik va o‘z darajamizni yanada oshira oldik. Albatta, rekordlar insonga quvonch bag‘ishlaydi, ammo mening asosiy maqsadim milliy terma jamoaga maqsadlariga erishishda yordam berish hisoblanadi, — dedi hujumchi.






























Izohlar 0
…