Yandex ID xizmatlar bildirishnomalarini boshqarish uchun yagona markazni ishga tushirdi

Yandex jamoasi foydalanuvchilar uchun kompaniya xizmatlaridan keladigan barcha turdagi xabarnomalarni markazlashtirilgan holda boshqarish imkonini beruvchi yangi vositani taqdim etdi. Endilikda Yandex ID shaxsiy kabinetida qaysi servislar xabar yuborish huquqiga egaligini bir sahifada koʻrish va ularni sozlash mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi funksiya orqali foydalanuvchilar "Maʼlumotlar" => "Xizmatlar bilan aloqa" boʻlimiga oʻtib, har bir alohida mahsulot, masalan, Plus, Alisa yoki Muzika uchun oʻzlariga maʼqul aloqa kanallarini (push-bildirishnomalar, elektron xatlar, qoʻngʻiroqlar yoki SMS) tanlashlari mumkin. Shu bilan birga, ilovalarning ichidagi standart sozlamalar ham oʻz kuchida qoladi.
Yangi markaz, shuningdek, akkaunt xavfsizligini nazorat qilish imkonini ham beradi. Unda profil himoyasi bilan bogʻliq bildirishnomalar keladigan qurilmalar roʻyxati aks etadi. Agar roʻyxatda eski yoki notanish qurilma aniqlansa, uni bevosita interfeysning oʻzida Yandex ID tizimidan uzib qoʻyish mumkin.





























Izohlar 0
…