Instagram’dan keyingi hayot: Yangi avlod ijtimoiy ilovalari bilan tanishing

Yillar davomida ijtimoiy tarmoqlar olami Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp), Google (YouTube), Snapchat, TikTok va X kabi texnologik gigantlar nazoratida boʻlib keldi. Biroq, bugungi kunda koʻplab startaplar ushbu gigantlarga qarshi chiqib, odamlarni tor doiradagi qiziqishlar va jamoalar bilan bogʻlaydigan shaxsiy ijtimoiy platformalarni yaratmoqda. Agar siz anʼanaviy Big Tech mahsulotlaridan charchagan boʻlsangiz, bozorda bir qator qiziqarli muqobillar paydo boʻldi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Retro ilovasi sobiq Instagram xodimlari tomonidan yaratilgan boʻlib, u fotosuratlarni yanada shaxsiy va xavfsiz formatda ulashishga moʻljallangan. Bu yerda siz haftalik eng yaxshi suratlaringizni tanlashingiz, albomlar yaratishingiz va xotiralaringizni yaqin doʻstlaringiz bilan boʻlishishingiz mumkin. Maxfiylik sozlamalari esa suratlaringizni kimlar koʻra olishini toʻliq nazorat qilish imkonini beradi.
Ijodkorlar uchun moʻljallangan Cosmos ilovasi Pinterest platformasiga oʻziga xos muqobil boʻlib, u yerda foydalanuvchilar ranglar, kalit soʻzlar yoki rasmlar orqali oʻz didlariga mos profil yaratishlari mumkin. Indigo ilovasi esa bir vaqtning oʻzida ham Mastodon, ham Bluesky tarmoqlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu ilova markazlashmagan ijtimoiy tarmoqlarni yagona interfeysda birlashtirib, postlarni bir vaqtda ikkala platformaga joylashga yordam beradi.
Corner ilovasi oʻzini "ijtimoiy Google Maps" deb ataydi. Hozirda 125 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega ushbu platformada odamlar oʻzlarining sevimli manzillari, restoranlari va yashirin maskanlari roʻyxatini tuzib, boshqalar bilan ulashadilar. Qisqa videolar ishqibozlari uchun esa afsonaviy Vine loyihasining davomchisi — Divine ilovasi taqdim etildi. Unda 500 mingdan ortiq arxiv videolar mavjud boʻlib, foydalanuvchilar yana 6 soniyali qisqa roliklar yaratish imkoniga ega boʻlishdi.





























Izohlar 0
…