Xiaomi atigi 12 dollarlik yangi dush nasadkasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Xitoy bozorida Mijia Supercharged Shower Head deb nomlangan yangi dush nasadkasini sotuvga chiqardi. Qurilma allaqachon JD.com va kompaniyaning rasmiy doʻkonlarida 79 yuan (taxminan 12 dollar) narxida paydo boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi mahsulotning asosiy xususiyati — mayda teshiklar orqali suv bosimini kuchaytirish texnologiyasidir. Suv zich joylashgan nozullar tarmogʻi orqali oʻtadi, bu esa Xiaomi vakillarining soʻzlariga koʻra, hatto suv bosimi past boʻlgan holatlarda ham kuchli oqimni saqlab qolish imkonini beradi.
Dush leykasi 120 mm kenglikdagi kattalashtirilgan panel va 127 ta teshikka ega boʻldi. Qurilma suv uzatishning uch xil rejimini qoʻllab-quvvatlaydi. Rejimlar oʻrtasida almashish bir qoʻl bilan boshqarish mumkin boʻlgan maxsus tugma yordamida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xiaomi Xitoy bozoriga toʻliq dush tizimini ham chiqargan edi, uning narxi 150 dollarni tashkil etadi. Yangi Mijia Supercharged Shower Head esa hamyonbop narxi va samaradorligi bilan ajralib turadi.





























Izohlar 0
…