Taxminan ikki hafta avval Nokia smartfonlar bozoriga qaytdi, deb yozadi Daryo nashri. Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasiga tegishli yangilangan brendning ilk qurilmasi o‘rtacha narx kategoriyasidagi Nokia 6 bo‘ldi.
Devays darhol tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi, chunki ko‘pchilik uning kuchsiz texnik xususiyatlariga nisbatan belgilangan narxidan norozi bo‘ldi. Shunga qaramay, yangi qurilmaga talab juda baland bo‘lib chiqdi. Nokia 6 sotuvga chiqqan Xitoyda smartfon uchun oldindan buyurtmalar soni bir milliondan oshdi. Eng qizig‘i esa, 18 yanvar, chorshanba kuni birinchi flesh savdo doirasida butun partiya bir daqiqa ichida sotilib ketdi.
Narxi 245 dollar bo‘lgan holda, Nokia 6 Corning Gorilla Glass 3 2,5D-shishasi bilan qoplangan 5,5 dyuymli Full HD-displey, old tomondagi barmoq izi skaneri, stereodinamiklar, qo‘sh smart-kuchaytirgichlar, Dolby Atmos hajmdor sado texnologiyasi, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 430 prosessori, 4 Gb tezkor, 64 Gb ichki xotira, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator hamda Android 7.0 Nougat operasion tizimi bilan jihozlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi