date

Andrej Karpathy Anthropic jamoasiga qo‘shildi

Andrej Karpathy Anthropic jamoasiga qo‘shildi

Sun’iy intellekt sohasidagi taniqli tadqiqotchi va OpenAI asoschilaridan biri Andrej Karpathy Anthropic kompaniyasiga ishga o‘tdi. U bu haqda o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilib, LLM (katta til modellari) rivojlanishining kelgusi yillari juda muhim bosqich bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Karpathy Anthropic kompaniyasida Nick Joseph boshchiligidagi pre-training (dastlabki tayyorgarlik) jamoasida ish boshladi. Uning vazifasi Claude modellarini yaratish jarayonini tezlashtirish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanadigan yangi guruhni shakllantirishdan iborat. Bu bosqich modelning asosiy bilim va qobiliyatlarini shakllantiruvchi eng qimmat va resurs talab qiladigan jarayon hisoblanadi.

Mutaxassis avvalroq Tesla kompaniyasida Full Self-Driving (FSD) va Autopilot dasturlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, OpenAI kompaniyasida chuqur o‘rganish va kompyuter ko‘rish texnologiyalari ustida ishlagan. 2024-yilda u ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan Eureka Labs startapini asos solgan edi.

Karpathy ta’lim sohasiga bo‘lgan qiziqishi hali ham yuqori ekanligini va kelajakda bu yo‘nalishdagi ishlarini davom ettirishni rejalashtirayotganini bildirdi. Uning Anthropic jamoasiga qo‘shilishi kompaniyaning OpenAI va Google bilan raqobatda sun’iy intellekt yordamida tadqiqotlar o‘tkazish strategiyasiga katta urg‘u berayotganini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Andrej Karpathy Anthropic jamoasiga qo‘shildi