Claude Ultra foydalanuvchilari uchun 5 soatlik limit bekor bo‘ladi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Claude xizmati Ultra obuna rejasi foydalanuvchilari uchun besh soatlik foydalanish limitini bosqichma-bosqich bekor qilmoqda.
- Kompaniya tariflar nomini o'zgartirib, avvalgi Max 20x rejasini Ultra, Max 5x rejasini esa Max deb nomladi.
- Foydalanuvchilar tarif nomi o'zgargani uchun qo'shimcha to'lov qilmaydi va obunasini qayta rasmiylashtirishi shart emas.
Claude xizmati obuna rejalari nomini o‘zgartirmoqda va ayrim foydalanish cheklovlarini bekor qilmoqda. Avvalgi Max 20x tarifi Ultra deb ataladigan bo‘ldi. Max 5x rejasi esa Max nomi bilan qoladi. Ultra obunachilari uchun 5 soatlik foydalanish limiti ham bosqichma-bosqich olib tashlanadi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Max 20x obunachilarining hozirgi to‘lov miqdori, tarif imkoniyatlari, navbatdagi to‘lov sanasi va haftalik limiti saqlanadi. Demak, tarif nomi o‘zgargani uchun foydalanuvchilar qo‘shimcha pul to‘lamaydi va obunasini qayta rasmiylashtirishi shart emas.
Ultra'da besh soatlik limit bo‘lmaydi
Claude'ning ayrim vazifalari uzoq vaqt davomida fon rejimida ishlashi mumkin. Kompaniya bunday ish jarayonlariga 5 soatlik cheklov to‘sqinlik qilmasligi kerak, deb hisoblaydi. Shuning uchun Ultra rejasidagi ushbu cheklovni bekor qilish boshlangan.
O‘zgarishlar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Avvalo, foydalanuvchining akkaunti tasdiqlanishi kerak. Bu talab firibgarlik va xizmatdan noto‘g‘ri foydalanish holatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Akkaunt tasdiqlangach, cheklov avtomatik tarzda olib tashlanadi. Bu haqda obunachiga elektron pochta orqali xabar beriladi. Har bir foydalanuvchi alohida murojaat qilishi shart emas.
Ultra rejasida haftalik foydalanish limiti avvalgi Max 20x tarifi darajasida qoladi. U Pro obunasidagi haftalik limitdan 10 baravar yuqori. Faqat besh soatlik cheklov bekor qilinishi hisobiga foydalanuvchilar haftalik limitdan kunlar bo‘yicha erkinroq foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Obuna narxlari
Claude'ning tarif sahifasida quyidagi narxlar ko‘rsatilgan:
• Free rejasi: 0 dollar.
• Pro: yillik obunada oyiga 17 dollar, bir yil uchun 200 dollar oldindan to‘lanadi. Oylik to‘lovni tanlaganlar uchun narx 20 dollar.
• Max: oyiga 100 dollar.
• Ultra: oyiga 200 dollar.
Yangi nomlash tizimiga ko‘ra, avvalgi Max 5x tarifi Max, Max 20x esa Ultra deb ataladi. O‘zgarishlardan keyin Ultra'ning haftalik limiti avvalgidek qoladi, ammo undagi 5 soatlik foydalanish cheklovi bosqichma-bosqich bekor qilinadi.






























Izohlar 0
…