8000 mAs batareya va 200 Mp Leica kamera: Xiaomi 17 Max taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi flagmani — Xiaomi 17 Max modelini Xitoy bozorida rasman sotuvga chiqardi. Qurilma seriyadagi eng yirik smartfon va eng sigʻimli akkumulyatorga ega model sifatida talqin qilinmoqda. Yangi gadjetning jonli suratlari va uning qadoqlash jamlanmasi aks etgan suratlar tarmoqlarda eʼlon qilindi. Qutidan smartfondan tashqari 100 W quvvatlash bloki, kabel va himoya gʻilofi oʻrin olgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Smartfonning texnik xususiyatlari hayratlanarli: u 6,9 dyuymli, 120 Gs chastotali va 2K aniqlikdagi SuperPixel displeyi bilan jihozlangan. Ekranning maksimal yorqinligi 3800 nitga yetadi, PWM chastotasi esa 3840 Gs ni tashkil qiladi, bu esa koʻz toliqishining oldini oladi. Displey Dragon Crystal Glass 3.0 himoya oynasi bilan qoplangan va Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori yordamida ishlaydi.
Kamera borasida Xiaomi 17 Max Leica bilan hamkorlikda yaratilgan uchta modulni taklif etadi: 200 Mp asosiy datchik, 50 Mp periskop va 50 Mp oʻta keng burchakli obʼyektiv. Qurilmaning asosiy ustunligi boʻlgan 8000 mAs sigʻimli Jinshajiang texnologiyasi asosidagi akkumulyator 100 W simli va 50 W simsiz quvvatlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
Narxlar masalasiga kelsak, 12/256 GB xotiraga ega boshlangʻich versiya taxminan 630 dollardan sotilmoqda. Eng yuqori 16/512 GB talqini esa 5 299 yuanga (taxminan 775 dollar) baholangan. Smartfon White, Sky Blue va Pixel Black ranglarida taqdim etilgan hamda IP68 standarti boʻyicha suv va changdan himoyalangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!