date

Waymo Texasda avtonom transport vositalari boʻyicha Teslaʻni ortda qoldirdi

Waymo Texasda avtonom transport vositalari boʻyicha Teslaʻni ortda qoldirdi

Texas avtomobil transporti departamenti (DMV) tomonidan ishga tushirilgan yangi platforma maʼlumotlariga koʻra, Waymo kompaniyasi shtatda roʻyxatdan oʻtgan 600 ga yaqin avtonom transport vositasi bilan yetakchilik qilmoqda. Bu koʻrsatkich uning asosiy raqobatchilari boʻlgan Avride, Nuro, Tesla va Zoox kompaniyalaridan sezilarli darajada yuqoridir. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

28-maydan kuchga kirgan yangi qonunga binoan, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni sinovdan oʻtkazayotgan yoki ulardan foydalanayotgan kompaniyalar oʻz parki hajmi va xavfsizlik maʼlumotlarini DMV bilan boʻlishishi shart. Hozirda Alphabet tarkibiga kiruvchi Waymo Texasda 577 ta avtonom transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlsa, Avride 317 ta, Nuro esa 47 ta mashinaga ega.

Tijoriy robotaksi xizmatlarini taklif qilayotgan Tesla kompaniyasi esa bor-yoʻgʻi 42 ta avtonom vositani roʻyxatdan oʻtkazgan. Garchi Tesla oʻtgan yili Ostinda oʻz xizmatini yoʻlga qoʻygan va keyinchalik Dallas hamda Xyustonga kengayganini eʼlon qilgan boʻlsa-da, rasmiy raqamlar Waymo bilan oʻrtadagi farq juda katta ekanini koʻrsatmoqda.

Shuningdek, Volkswagen shoʻba korxonasi boʻlgan MOIA 12 ta elektr mikroavtobus bilan roʻyxatdan oʻtgan. Taʼkidlash joizki, park hajmi kompaniyaning bozordagi oʻrnini toʻliq aks ettirmaydi, chunki Nuro va Zoox kabi kompaniyalar hali tijoriy faoliyatni boshlamagan, Waymo esa suv toshqinlari sababli baʼzi shaharlarda faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan.

Yuk tashish sohasida ham avtonom texnologiyalar rivojlanmoqda. Masalan, Aurora kompaniyasi 91 ta haydovchisiz yuk mashinasiga ega boʻlsa, uning raqobatchilari Kodiak AI va Waabi mos ravishda 33 va 13 ta yuk mashinasini roʻyxatdan oʻtkazgan. Oʻrta hajmli yuk mashinalariga ixtisoslashgan Gatik AI startapi esa 64 ta transport vositasi bilan faoliyat yuritmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Waymo Texasda avtonom transport vositalari boʻyicha Teslaʻni ortda qoldirdi