date

Samsung Galaxy Z Fold8 va Fold8 Ultra: Ilk jonli suratlar eʻlon qilindi

Samsung Galaxy Z Fold8 va Fold8 Ultra: Ilk jonli suratlar eʻlon qilindi

Samsung kompaniyasi ilk bor oʻzining buklama smartfonlarini bir vaqtning oʻzida ikki xil versiyada taqdim etishga tayyorlanmoqda. Taniqli insayder Ice Universe tomonidan eʻlon qilingan maketlar suratida anʻanaviy Galaxy Z Fold8 Ultra va yangi Wide-versiya oʻrtasidagi asosiy farqlar yaqqol koʻzga tashlanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Maʻlumotlarga koʻra, Galaxy Z Fold8 Ultra modeli oʻzining baland va ingichka form-faktorini saqlab qoladi. Qurilma orqa panelida uchta kamera, jumladan, telefoto linzasi joylashgan boʻlib, u yopiq holatda choʻntakka qulay joylashadi. Bu dizayn foydalanuvchilarga avvalgi Fold modellaridan tanish boʻlgan ergonomikani taqdim etadi.

Yangi Wide-versiya (taxminiy nomi Galaxy Z Fold8) esa butunlay boshqacha koʻrinishga ega. U pastroq va kengroq boʻlib, ekrani 4:3 nisbatiga yaqinroq shaklda ishlangan. Ushbu model koʻproq "planshet" koʻrinishini eslatadi va yoyilgan holatda video tomosha qilish hamda koʻp vazifalilik rejimi uchun kengroq maydon yaratadi.

Texnik jihatdan Galaxy Z Fold8 modeli qoʻsh kamera bilan cheklanishi kutilmoqda. Wide-versiyaning asosiy ustunligi kontent koʻrishda qora hoshiyalarning kamayishi va koʻp oynali rejimda ishlash qulayligidir. Qurilmalarning rasmiy taqdimoti 2026-yilning iyul oyiga rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Ice Universe avval ham iPhone X qirqimi, iPhone 14 dizayni va Samsung kompaniyasining 200 megapikselli datchiklari haqida aniq maʻlumotlarni birinchilardan boʻlib taqdim etgan edi. Uning Janubiy Koreya giganti tadqiqot markazlaridagi manbalari doimiy ravishda ishonchli eksklyuziv maʻlumotlarni sizdirib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Z Fold8 va Fold8 Ultra: Ilk jonli suratlar eʻlon qilindi