13 yoshli qiz ona bo‘ldi: holat yuzasidan tergov boshlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 13 yoshli qiz farzand dunyoga keltirgani ma’lum bo‘ldi. Holat jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan qiz oilaga tanish bo‘lgan shaxs tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, qizning homiladorligi homila olti oylik bo‘lganidan keyingina aniqlangan. Shundan so‘ng tegishli idoralar tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Hozirda voqeaning barcha holatlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmagan qizga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilayotgani bildirilgan.
Mas’ul idoralar holatga huquqiy baho berish hamda aybdor shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.






























Izohlar 0
…