Messi cho‘miltirgan chaqaloq endi unga qarshi maydonga tushadi

Messi cho‘miltirgan chaqaloq endi unga qarshi maydonga tushadi

Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi Jahon chempionati finali nafaqat ikki kuchli jamoaning bahsi, balki Lionel Messi va Lamin Yamal o‘rtasidagi ilk rasmiy to‘qnashuv sifatida ham tarixga kirishi mumkin. Ammo ularning tanishuvi bugun emas, 19 yil avval boshlangan.

2007 yilda, Messi endigina “Barselona”ning asosiy tarkibida mustahkam o‘rin egallayotgan 20 yoshli futbolchi bo‘lganida, Lamin Yamal atigi besh oylik chaqaloq edi. O‘sha kuni Yamalning oilasi “Barselona”, UNICEF va Sport gazetasi tashkil etgan tanlovda g‘olib chiqib, futbolchilar bilan fotosessiyada ishtirok etgan. Tasodifan ularga aynan Messi to‘g‘ri kelgan.

Fotograf Joan Monfort tomonidan olingan suratlarda Messi kichik Yamalni qo‘liga olib, uni cho‘miltirayotganini ko‘rish mumkin. Bu kadrlar 2024 yilda Yamalning otasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinib, yana butun dunyo e’tiborini tortgan.

Ota-ona ko‘piklar ichida cho‘milayotgan chaqaloqqa qarab jilmaymoqda.

Monfortning aytishicha, Messi avvalroq chaqaloq bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilmay qolgan, ammo tez orada vaziyatga moslashgan. U bu voqeani “taqdirning haqiqiy mo‘jizasi” deb atagan.

Bugun esa o‘sha besh oylik chaqaloq Ispaniya terma jamoasining yetakchilaridan biriga aylangan. 19 yoshigacha Yamal 56 ta gol urib, La Liga, Ispaniya Kubogi va Yevro–2024 g‘olibligini qo‘lga kiritishga ulgurdi.

Shunday qilib, qariyb yigirma yil avval bir fotosessiyada boshlangan noodatiy hikoya endi Jahon chempionati finalida yangi sahifa ochishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar