Dunyoning eng mazali taomlari qaysi davlatda? Reyting e’lon qilindi

Dunyoning eng mazali milliy oshxonalari reytingi e’lon qilindi. Reyting xalqaro gastronomik baholashlar asosida tuzilgan bo‘lib, unda turli mamlakatlarning an’anaviy taomlari ta’mi, xilma-xilligi va ommabopligi hisobga olingan.
Ro‘yxatda Italiya 4,64 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning pizza, pasta va risotto kabi mashhur taomlari dunyo bo‘ylab millionlab insonlarning sevimli tanloviga aylangani yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
Ikkinchi pog‘onadan Gretsiya (4,60), uchinchi o‘rindan esa Peru (4,54) joy oldi. Kuchli beshlikni Portugaliya va Ispaniya yakunlagan.
Shuningdek, Yaponiya, Turkiya, Xitoy, Fransiya hamda Indoneziya dunyoning eng mazali oshxonalariga ega davlatlar o‘nligidan o‘rin oldi. Ularning har biri o‘ziga xos taomlari va boy gastronomik an’analari bilan yuqori baholangan.
Reytingda ayrim MDH va mintaqa davlatlari ham qayd etilgan. Xususan, Gruziya 21-o‘rinni, Rossiya 28-o‘rinni, Ukraina 43-o‘rinni egallagan. Ozarbayjon 67-, Belarus 79-, Armaniston 87-, Qozog‘iston esa 98-pog‘onadan joy olgan.






























Izohlar 0
…