Durdona Qurbonova yangi klipda mol sog‘moqchi edi, ammo hammasi rejadagidek ketmadi!

Durdona Qurbonova yangi klipda mol sog‘moqchi edi, ammo hammasi rejadagidek ketmadi!

Aktrisa Durdona Qurbonova yangi musiqiy klipni suratga olish jarayonida hayajonli holatni boshdan kechirdi. Syomka ishlari bu gal shahar shovqinidan yiroq, toza havoli qishloq sharoitida olib borilmoqda.

Klip g‘oyasiga ko‘ra, Durdona Qurbonova qishloq hayotiga mos obrazda ko‘rinish berishi kerak edi. U kadrlardan birida mol sog‘ishi va qishloq yumushlarini bajarishi rejalashtirilgan.

Biroq suratga olish vaqtida yirik shoxli jonivorning keskin harakati aktrisani qo‘rqitib yuborgan. Holat shu qadar kutilmagan bo‘lganki, ijodiy jarayon vaqtincha to‘xtatilgan.

Durdona Qurbonova qo‘rquv va hayajon ta’sirida ko‘z yosh to‘kkan. Ijodiy guruh esa vaziyatni yumshatib, aktrisani tinchlantirgan.

Bu voqea klip syomkasida hamma narsa rejadagidek kechavermasligini ko‘rsatdi. Hozircha klip qachon taqdim etilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar