Xiaomi kompaniyasi yangi HyperOS 4 operatsion tizimining ilk sinov talqinini chiqardi

Xiaomi kompaniyasi HyperOS 4 operatsion tizimining ilk beta-versiyasini chiqardi. Yangi tizimda unumdorlik, interfeys qulayligi va sun'iy intellekt imkoniyatlarini yaxshilashga e'tibor qaratilgan. HyperOS 4 arxitekturasiga yuklamalarni hisoblash va ma'lumotlarni xotiraga oldindan yuklash imkonini beruvchi Xiaomi HyperCore texnologiyasi joriy etildi.
Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi avlod operatsion tizimi — HyperOS 4 dasturiy taʼminotining ilk beta-versiyasini chiqarib, foydalanuvchilar eʼtiboriga havola etdi. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, yangi tizimni ishlab chiqishda asosiy eʼtibor tizim unumdorligini oshirish, foydalanish qulayligini yaxshilash hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan boʻlib, bu qurilmalar ish faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangilangan HyperOS 4 arxitekturasiga Xiaomi HyperCore texnologiyasi joriy etilib, u yuklamalarni hisob-kitob qilish va maʼlumotlarni xotiraga oldindan yuklash funksiyalarini oʻz ichiga oladi. Mazkur yechim tizim resurslarini yanada samarali taqsimlash hamda tez-tez bajariladigan operatsiyalar vaqtida protsessorga tushadigan yuklamani kamaytirish imkonini beradi.
Ilova va interfeys optimizatsiyasi
Dasturchilar tomonidan yangi ilovalarni bajarish mexanizmi ishlab chiqilib, tizim va dasturiy qatlamlar orasidagi oʻzaro aloqa jarayoni chuqur optimizatsiya qilindi. Xususan, asosiy ekranda hamda ommabop ilovalarda animatsiyalarning silliqligi va interfeysning javob berish tezligi sezilarli darajada yaxshilangani taʼkidlanmoqda.Tizimning muhim yangiliklaridan biri bu kengaytirilgan sunʼiy intellekt funksiyalari boʻldi. Yangi dasturiy taʼminot doirasida foydalanuvchilarga qator qulayliklar yaratilib, vazifalarni rejalashtirish va kontent yaratish jarayonlari avtomatlashtirildi.
Sunʼiy intellekt va qoʻllab-quvvatlanuvchi qurilmalar
HyperOS 4 tizimida Xiaomi MiMo yirik til modeli integratsiya qilingan yangi avlod Super XiaoAi 2.0 ovozli yordamchisi debyut qildi. Ushbu intellektual yordamchi bir nechta ilovalar va qurilmalar bilan bir vaqtda ishlash stsenariylarida vazifalarni rejalashtirish va kontent generatsiya qilish imkoniyatlarini yaxshiladi.Hozirgi kunda dastlabki beta-versiya kompaniyaning eng soʻnggi flagman gadjetlari uchun foydalanishga topshirilgan. Xaridorlar va sinovchilar quyidagi qurilmalarda yangi tizim imkoniyatlarini sinab koʻrishlari mumkin:
- Xiaomi 17 Ultra va Xiaomi 17 Ultra Leica Edition
- Xiaomi 17 Pro Max, Xiaomi 17 Pro hamda Xiaomi 17
- Redmi K90 Pro Max, uning Champion Edition maxsus talqini va Redmi K90
- Xiaomi Pad 8 Pro hamda Xiaomi Pad 8 planshetlari






























Izohlar 0
…