16:14 / 04.04.2022
1 468

O‘zbekistonda 1 apreldan IT sohasida qator imtiyozlar joriy etildi

O‘zbekistonda 1 apreldan IT sohasida qator imtiyozlar joriy etildi
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab IT sohasi mutaxassislari va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy ta’sischilari uchun qator imtiyozlar joriy etildi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

IT-Visa
Bu davrda joriy etiladigan IT-Visa 3 yil muddatga amal qiladi. Bu bilan O‘zbekiston chegaralari doirasida harakatlanish mumkin.

Shuningdek, viza egalari soddalashtirilgan tartibdagi yashash uchun ruxsatnomaga hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ijtimoiy huquqlarga (tibbiyot va ta’lim) ega bo‘ladilar.

IT-Visa’ga ega bo‘lish uchun IT Park tomonidan taqdim etiladigan tavsiyanoma zarur.

Dividendlar
Endilikda IT-Park rezidentlarining xorijiy ta’sischilari dividendlari uchun soliq stavkasi 5 foiz etib belgilandi. Ushbu stavka avvalroq 10 foizni tashkil etgan edi.

Chet el valyutasida to‘lovlar
IT Park rezidentlariga ish/xizmatlar eksporti tushumlari doirasida dividendlar va ish haqini xorijiy ta’sischilari/mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada to‘lashlariga ruxsat beriladi.

Xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi
Endilikda IT Park rezidentlariga chet ellik mutaxassislar uchun ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi.

Virtual ofis
IT Park rezidentlari uchun ofis maydoniga ega bo‘lish talabi bekor qilindi. Endilikda IT Park rezidentlari IT Park direksiyasi bilan shartnoma tuzishlari mumkin.

Xizmatning minimal narxi oyiga 300 ming so‘mni tashkil qiladi. Xizmatlarga yuridik manzil (pochta manzili) ijarasi, aloqa markazi, yozishmalarni qayta ishlash va boshqalar kiradi.

Virtual ofis uchun shartnoma kompaniya ofisining yo‘qligi sababli soliq xavfi yuqori sub’ekt toifasiga kiritish uchun asos bo‘la olmaydi.

Relokatsiya dasturi doirasida IT Park tomonidan kompaniyalarga quyidagi masalalarda ko‘mak beriladi:
- yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- bank hisob raqamini ochish;
- soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish;
- mutaxassislarni izlash;
- ofis izlash va ijara to‘lovi.

IT-mutaxassislariga quyidagi masalalarda ham yordam ko‘rsatiladi:
- IT Park rezident kompaniyalarida ishga joylashish;
- tibbiy sug‘urtani ro‘yxatdan o‘tkazish;
- uy-joy izlash;
- bank hisob raqamini ochish;
- hujjatlarni rasmiylashtirish;
- bolalarni maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish.

Shuningdek, IT-mutaxassislari va ularning oila a’zolari uchun Toshkent shahriga ko‘nikish oson kechishida ko‘maklashish maqsadida axborot-qo‘llanma ishlab chiqildi. Unda barcha kerakli ma’lumotlarni topish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda 1 apreldan IT sohasida qator imtiyozlar joriy etildi