Kunduzgi qisqa va tez davom etadigan mizg‘ib olishdan so‘ng ba’zi odamlarda noxush holatlar kuzatiladi: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi yoki bosh aylanishi. Bunday paytda inson ko‘pincha bu holatni gripp, ovqatdan zaharlanish yoki boshqa sabablar bilan bog‘laydi. Aslida esa, ko‘pchilik odam uxlab qolganini o‘zlari sezmaydi, lekin natijada o‘zini charchagan va noqulay his qiladi. Nima uchun mizg‘ib olish odatda ko‘pchilikka tetiklik bag‘ishlasa-da, ayrimlar uchun kutilmagan va ba’zan asabiy holatlarga olib keladi? Shu savolga javob qidiramiz.
“Qisqa mizg‘ib olishdan keyin yuzaga keladigan bosh aylanishi, boshda og‘irlik va ko‘ngil aynish kabi holatlar juda keng tarqalgan. Buning asosiy sababi uyqu inersiyasi — inson to‘liq uyqu sikllarini tugatmay turib uyg‘onganda paydo bo‘ladigan holat”, - deydi Shifokor Vaiz Vasey.
Uyqu sikllari taxminan 90 daqiqa davom etadi va odatda inson kechasi 3-4 sikldan o‘tadi. Lekin kam uxlagan yoki qisqa mizg‘ib olgan odamlar bu siklni yakunlamasdan uyg‘onadi va natijada bosh aylanishi, chalg‘ish va biroz noqulaylik his qilishi mumkin.
Ko‘pchilik uchun bu holat yengil o‘tib ketadi, odatda 20 daqiqa ichida e’tiborsiz holatda o‘zgarib ketadi, ammo ba’zilarda u bir necha soat davom etishi, hatto qayt qilish yoki vahima kabi simptomlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tananing kunlik tabiiy ritmi ham qisqa dam olishdan keyin o‘zini yomon his qilishga olib keladi. Chunki organizm kunduzgi paytda to‘liq dam olishga tayyor emas va shu sababdan bu davrda uxlash biroz noqulaylik tug‘diradi.
“Oshqozon kislotasining qizilo‘ngachga qaytishi — dam olishdan keyin ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va ko‘krak og‘rig‘ining keng tarqalgan sababi hisoblanadi. Bu holatda oshqozon kislotasi qizilo‘ngachga chiqib ketadi va ovqatdan so‘ng yotish uning kuchayishiga olib keladi”, - deydi gastroenterolog doktor Bharat Pothuri.
Deyarli har bir insonda vaqt-vaqti bilan oshqozon kislota qaytishi (acid reflux) yuzaga keladi, ayniqsa yog‘li, qovurilgan yoki kislotalik taomlar iste’mol qilinganidan so‘ng. Ba’zilarda bu holat og‘ir kechishi ham mumkin. AQSH aholisining taxminan 20 foizi tez-tez reluks bilan azoblanadi va yotgandan keyin ko‘ngil aynishlari ko‘proq uchraydi.
Oshqozon-ichak muammolari odatda kechasi ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin kunduzgi qisqa mizg‘ib olganlar orasida keng tarqalgan, chunki ular ko‘pincha tushlikdan so‘ng yoki yengil ovqatdan keyin darhol yotishadi.
“Ovqatlanish ham bu muammo paydo bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Yog‘li, qovurilgan, kremli, sut mahsulotlari yoki tolaga boy taomlar oshqozonda uzoq qoladi va simptomlarni kuchaytiradi”, - deydi gastroenterolog doktor Rucha Mehta Shah.
Boshqa sabablar ham bor. Vaseyning aytishicha, tananing suvsizlanishi va qondagi shakar darajasining pasayishi odam uyg‘onganda o‘zini yomon his qilishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, uyqu apnesi — nafas olishning to‘xtab-qaytalanishi bilan kechadigan holat — bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i va hatto asabiylik kabi alomatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
“Nafas olishdagi buzilishlar organizmda kislorod darajasini pasaytiradi, bu esa bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishini keltirib chiqaradi”, - deydi u.
Kun davomida qisqa mizg‘ib olish muhimmi?
“Biz har doim qisqa vaqt uxlab olishni tavsiya qilamiz — 20 daqiqa yoki undan kam. Agar mizg‘ib olish 20 daqiqadan oshsa, odam ko‘proq uxlab qolishi mumkin va uzoq vaqt uxlab qolib uyg‘onganda noqulay simptomlar yuzaga keladi”, - deydi Vaiz Vasey.
Agar oshqozon-ichak muammolari mavjud bo‘lsa, mizg‘ib olish 20 daqiqadan kamroq bo‘lishi kerak. Chunki ovqat hazm qilish tizimi 20 daqiqadan keyin sekinlashadi va oshqozonda ovqat uzoq qoladi, bu simptomlarni kuchaytiradi.
Mizg‘ib olishdan keyin yuzaga keladigan ko‘ngil aynishini oldini olish va uni yumshatish yo‘llari:
“Uyqudan oldin tinchlaning, kitob o‘qing yoki meditatsiya qiling. Uyqu vaqtidan 1–2 soat oldin gadjetlardan foydalanishni kamaytiring. Agar mizg‘ib olish kerak bo‘lsa, kunning erta paytlarida qilish yaxshiroq, shunda kechasi uyquga xalaqit bo‘lmaydi”, deya tavsiya qiladi Shifokor Vaiz Vasey.
Oshqozon-ichak muammolari bo‘lsa, ovqat hazm bo‘lishiga 3-4 soat kutib, keyin yotish ma’qul. Agar bu amalga oshmasa, uyqudan oldin achchiq, kislota va yog‘li taomlardan saqlaning. Yotganda yostiqlar yoki sozlanadigan matras yordamida bosh va ko‘krakni ko‘tarib yoting.
Dorixonalarda sotiladigan antasidlar simptomlarni yengillashtirishi mumkin, ammo noqulaylik davom etsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Shu bilan birga, shifokor qizilo‘ngachdagi infeksiya, yara yoki yallig‘lanish kabi holatlarni ham tekshirishni maslahat beradi.
Kunduzgi mizg‘ib olish nega ba’zida noqulaylik keltiradi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar