Uzoq umr ko‘rish uchun qaysi mahsulotlardan voz kechish kerak?

Har bir inson sog‘lom va uzoq umr kechirishni orzu qiladi. Mutaxassislar fikricha, buning uchun nafaqat foydali oziq-ovqatlarni iste’mol qilish, balki organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni cheklash ham muhim ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan inson salomatligiga eng ko‘p zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi. Unda 10-o‘rinni muzlatilgan mahsulotlar egallagan bo‘lsa, 9-o‘ringa turli shirinliklar joylashgan. Shuningdek, 8-o‘rinda mayonez va ketchuplar qayd etilgan.
Ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan dudlangan go‘shtlar, konservalar hamda kolbasa kabi go‘shtli yarim tayyor mahsulotlar o‘rin olgan. Fast-fud va tez tayyorlanadigan taomlar ham inson salomatligi uchun xavfli mahsulotlar qatoriga kiritilgan. Eng yuqori o‘rinlarda esa chips va krakerlar, shuningdek, shirin gazlangan ichimliklar qayd etilgan.
Mutaxassislar mazkur mahsulotlarni istisno qilish yoki hech bo‘lmaganda ularni imkoni boricha kamroq iste’mol qilishni tavsiya etadi. Zero, to‘g‘ri ovqatlanish sog‘lom hayot tarzi va uzoq umr ko‘rishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.





























Izohlar 0
…