Ertalab turishga qiynalasizmi? Mutaxassis sababini tushuntirdi

1 daqiqa o'qish134
Ertalab turishga qiynalasizmi? Mutaxassis sababini tushuntirdi

Psixolog-trener, dori-darmonlarsiz sog‘lomlashtirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “Norbekov markazi” mutaxassisi Ahadjon Qo‘shoqov “O‘zimizning gap” ko‘rsatuvida qiziqarli va o‘ylantiruvchi fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uning ta’kidlashicha, insonning uyqu sifati nafaqat yotish vaqti yoki davomiyligiga, balki to‘shak gigiyenasiga ham bevosita bog‘liq. Mutaxassis oddiy, ammo kam e’tibor beriladigan bir odat — yotishdan oldin choyshabni dazmollash haqida gapirdi.

“Sinab ko‘rish uchun yotadigan joyingizdan bitta soch tolasi olib, uni paketga solib laboratoriyada tekshirtiring. Mikroskopda bir necha ming barobar kattalashtirib ko‘rilganda, unda ko‘zga ko‘rinmaydigan, shaffof rangdagi juda mayda jonivorlar — kanachalar ko‘rinadi”, — deydi u.

Qo‘shoqovning aytishicha, ko‘pchilik ertalab uyg‘onishda qiynalishi, hatto uzoq uxlasa ham charchoqni his qilishi aynan shu omil bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Bu kanachalar qon so‘rmaydi, ammo inson energiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yotishdan oldin choyshabni oddiy yoki bug‘li dazmolda dazmollab yotish foydali bo‘ladi”, — deya tavsiya berdi mutaxassis.

Uning fikricha, bu oddiy odatni joriy etish orqali uyqu sifati yaxshilanib, inson o‘zini yanada tetik va quvvatga to‘la his qilishi mumkin.

Mazkur tavsiyalar ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?