O‘zbekistonda yagona QR-kod majburiy bo‘ladi

2026 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar uchun to‘lovlarni qabul qilishda yagona QR-koddan foydalanish majburiy bo‘ladi.
Hozirda ushbu tizimdan foydalanish ixtiyoriy tartibda amal qilmoqda. Belgilangan muddatdan keyin esa talablarga rioya qilmagan tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Yangi tartib naqdsiz to‘lovlarni qabul qiladigan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalariga taalluqli bo‘ladi.
Yagona QR-kod mavjud emasligi savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
Bunday holatlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda pul jarimalari qo‘llanadi.
Yangilikdan maqsad to‘lov tizimlarini birxillashtirish va iste’molchilar uchun to‘lov jarayonini soddalashtirishdan iborat.






























Izohlar 0
…