Eski avtomobillar uchun 12 millionlik to‘lov joriy etilishi mumkin

Eski avtomobillar uchun 12 millionlik to‘lov joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari uchun har yillik ekologik kompensatsiya to‘lovini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasida ma’lum qilingan.

Loyihaga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari egalari har yili bir marta BHMning 30 barobari, ya’ni hozirgi hisobda 12 million 360 ming so‘m miqdorida ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin.

Shuningdek, “zararli” ekologik toifaga kiritilgan transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi, bunday avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bunda antikvar avtomototransport vositalari mustasno hisoblanadi.

Qaror loyihasida ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomobillarni utilizatsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ham nazarda tutilgan. Eski avtomobilni utilizatsiyaga topshirgan fuqarolarga pul mablag‘i, elektron vaucher yoki boshqa turdagi kompensatsiyalar berilishi mumkin.

Elektron vaucher orqali yangi avtomobil xarid qilishda chegirma olish yoki qolgan mablag‘ni uzoq muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasi 28 iyunga qadar davom etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar