
Urushning yetmish sakkizinchi kuni tugadi. The Wall Street Journal Kiyev viloyatining Motijin va Yasnogorodka qishloqlari o‘rtasidagi «o‘lim yo‘li» haqida yozdi — u yerda 37 kishining jasadi topilgan. «Azov» polki qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav Palamarning aytishicha, Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududida tinch aholi qolmagan — ularni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Ukraina rasmiylari rossiyalik asirlarni «Azovstal»ning yarador himoyachilariga almashishga tayyorligini bildirdi. Meduza 12 may kuni urush zonasidan olingan suratlarini jamladi.
Pilipchatino, Donetsk viloyati

Pilipchatino osmonidagi raketa izlari. Hozirda Donbassda faol harbiy harakatlar davom etmoqda.
Foto: AFP

Pilipchatinodagi uyning otishmalardan keyingi ko‘rinishi.
Foto: AFP
Xarkov

Urush paytida bomba boshpanasi sifatida foydalanilayotgan metro stansiyasi. Xarkov yaqinida Ukraina qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujumi davom etmoqda.
Foto: AP Photo

Stansiyalardan birida metro vagonidagi qizcha.
Foto: AP Photo
Kamishevaxa, Zaporoje viloyati

Mahalliy aholi hujum ostida qolgan uyini tozalamoqda. Zaporoje ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, aholi turar joylarini o‘qqa tutish vaqtida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Foto: Reuters

Uyi o‘qqa tutilgan keksa ayol, Kamishevaxa
Foto: Reuters
Kiyev

Kiyev markazida skuterda ketayotgan yoshlar. Shahar meri Vladimir Klichko hozircha shaharga qaytmoqchi bo‘lganlar xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina poytaxti hamon «Rossiyaning asosiy nishoni».
Foto: EPA

Kiyevliklar avtomobilini yonilg‘i quyish shoxobchasiga itarib bormoqda. Ukrainada jiddiy yonilg‘i taqchilligi mavjud. Kiyevda yonilg‘i quyish shoxobchalarining yarmi allaqachon yopilgan.
Foto: EPA
Mariupol

Mariupolda o‘qqa tutilib vayron bo‘lgan uy. Shahar rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilingan, ammo ukrainalik harbiylar «Azovstal» zavodi hududini o‘zida saqlab turibdi.
Foto: «TASS»
Rubijnoy, Lugansk viloyati

Shahar ko‘chalaridan biridagi qabrlar. Rubijnoy «Zalq komendanti» «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, shahar Lugansk nazorati ostida, ammo janglar davom etmoqda.
Foto: «TASS»

Mahalliy aholiga yegulik tarqatish jarayoni.
Foto: «TASS»

Shaharning ko‘rinishi
Foto: «TASS»
Dnepr

Quyosh botishi paytida sayr qilayotgan juftlik. Hozirda Dneprda Ukrainaning boshqa viloyatlaridan kelgan 90 mingga yaqin qochoq istiqomat qilmoqda
Foto: Scanpix “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar