11:53 / 04.06.2022
2 646

Interpol O‘zbekiston fuqarosini Chexiyada qo‘lga oldi

Interpol O‘zbekiston fuqarosini Chexiyada qo‘lga oldi
Foto: IIV axborot xizmati
O‘zbekiston va Chexiya Interpol MMB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joriy yil may oyi oxirlarida firibgarlik jinoyatini sodir etgan va Interpol yo‘nalishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Praga shahri hududida ekani aniqlanib, qo‘lga olindi.

Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xabar qilishicha, u O‘zbekiston fuqarolarining ishonchiga kirib, Chexiyaga jo‘natish va avtomobil ehtiyot qismlarini yig‘ishga ixtisoslashgan zavodga ishga joylashni va’da qilgan, buning uchun ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olgan, biroq va’dasini bajarmagan. U o‘z firibgarlik qilmishlarini yakuniga yetkazib, mamlakatni tark etgan va chet elda yashiringan.

Shundan so‘ng Jizzax viloyati IIBdan olingan materiallarga ko‘ra, O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari tomonidan qo‘lga olish va ekstraditsiya qilish maqsadida xalqaro qidiruv tashkilotiga qizil xabarnoma jo‘natilgan.

Bugungi kunda ikki davlat Interpol MMB xodimlarining amalga oshirgan muzokaralari va hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs Chexiya hududida ushlangan hamda qonuniy chora ko‘rilishi uchun O‘zbekistonga yetkazilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Interpol O‘zbekiston fuqarosini Chexiyada qo‘lga oldi