Millionerlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish1.5K
Millionerlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi
Shanhay ketma-ket ikkinchi yil juda ko‘p mablag‘ga ega odamlar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida yetakchi bo‘ldi, deb xabar berdi Forbes.

Shveytsariyaning Julius Baer xususiy banki tuzgan reytingda London ikkinchi o‘rindan joy oldi. Keyingi o‘rinlarda Taybey, Hongkong va Singapur joylashdi. Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Monako, Syurix, Tokio, Sidney va Parij shaharlari kirdi. Nyu-York 11-o‘ringa joylashdi.

Bu yilgi reytingga Moskva kiritilmadi. Rossiya poytaxti 2020 yilda 23-, 2021 yilda esa 18-o‘rindan joy olgandi.

Julius Baer ekspertlari reytingni tuzishda 1 mln dollar va undan ko‘p daromadga ega insonlar sotib olishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning turli shaharlardagi narxlarini o‘rganishadi. Mahsulotlar ro‘yxatiga ko‘chmas mulk, BMW X7 avtomobili, Christian Dior ayollar sumkasi, taqinchoqlar, ayollar poyabzali, erkaklar kostyumi va qo‘l soati, MacBook, viski, vino, velosiped va trenajyorlar kiritilgan.

Xizmatlar ro‘yxatidan biznes-klassda parvoz, mehmonxonadagi luks xona, eng yaxshi restoranda ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, yuristlarga haq to‘lash, farzandlarni MBA darajasida o‘qitish va ko‘zni lazerli korreksiya qilish kabilar o‘rin olgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?