07:00 / 02.07.2022
1 131

LXR Lisichansk shahrining bir qismi egallanganini ma’lum qildi

LXR Lisichansk shahrining bir qismi egallanganini ma’lum qildi
Foto: «TASS»
Lugansk viloyatidagi Privole va Shipilovka aholi punktlari 1 iyul kuni LXR xalq militsiyasi va Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining ittifoqchi kuchlari nazoratiga o‘tdi, dedi LXR harbiy bo‘limi vakili Ivan Filiponenko.

«Dushman ishchi kuchi va texnikada katta yo‘qotishlarga uchradi», degan Filiponenko jurnalistlarga.

Privole va Shipilovka — Ukrainaning Lugansk viloyati g‘arbidagi Lisichansk shahrining chekka hududlari.

1 iyul kuni ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi va LXR qo‘shinlari Lisichanskka kiritilishini e’lon qildi. «Oxirgi uch kun ichida Lisichansk neftni qayta ishlash zavodi, «Matrosskaya» koni, Jelatin zavodi, Topolevka aholi punkti nazorat ostiga olindi. Ittifoqchi kuchlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Lisichanskka yo‘l oldi» — deya ma’lumot berdi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkov.

Uning ta’kidlashicha, «Lisichansk hududiga muvaffaqiyatli hujum» davom etmoqda. «Ukraina armiyasi bu hududda katta yo‘qotishlarga uchrayapti. Faqatgina Verxnekamenka qishlog‘ida dushman bir kunda bir yuz yigirmadan ortiq, Verxnekamenskiyda esa yetmish kishini yo‘qotdi. Lisichanskdan Ukraina Qurolli kuchlarining alohida bo‘linmalari uyushmagan holda olib chiqilmoqda» — degan Konashenkov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » LXR Lisichansk shahrining bir qismi egallanganini ma’lum qildi