Merab Dvalishvili Usman Nurmagomedov bilan janjaldan keyin rossiyalikdan uzr so‘radi

1 daqiqa o'qish4
Merab Dvalishvili Usman Nurmagomedov bilan janjaldan keyin rossiyalikdan uzr so‘radi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi ommaviy mushtlashuv vaqtida oilasini haqorat qilgani uchun rossiyalik kurashchi Axmed Gadjimagomedovdan uzr so‘radi.
  • Gruziyalik jangchi mojaroni yakunlash maqsadida raqibiga shaxsan uchrashishni taklif qildi.
  • Avvalroq ushbu voqea sababli Usman Nurmagomedov va uning jamoadoshlari hibsga olinib, sud qarori bilan ozodlikka chiqarilgandi.

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi ommaviy mushtlashuvdan keyin rossiyalik kurashchi Axmed Gadjimagomedovga murojaat qildi. Gruziyalik jangchi uning oilasini haqorat qilgani uchun uzr so‘rab, mojaroga nuqta qo‘yishni taklif etdi.

«Axmed, voqeadan keyin qo‘l berib ko‘rishgandik va shu bilan hammasi tugagandi. Ammo keyin tarqalgan videoda sening oilangni haqorat qilganimni ko‘rdik. Men aynan shu uchun uzr so‘ramoqchiman. Bunday niyatim yo‘q edi.

Sen menga yaqinlashib, qo‘limdan tutib, boshqa tilda baqira boshlaganingda, kim ekaningni ham bilmasdim. Biz bu voqeaga nuqta qo‘yishimiz kerak. Umumiy do‘stlarimiz ko‘p. Agar uchrashmoqchi bo‘lsang, menga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoz», — deb yozdi Dvalishvili.

Abu-Dabidagi mushtlashuv qanday boshlangan?

O‘tgan hafta Abu-Dabidagi mehmonxona xollida Merab Dvalishvili va Usman Nurmagomedov o‘rtasida keskin vaziyat yuzaga kelgandi. Dvalishvili intervyu berayotgan paytda Usman uning yuziga tarsaki tushirgan, shundan so‘ng ikki jamoa vakillari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv boshlangan.

Voqea ishtirokchilari politsiya tomonidan hibsga olingan. Keyinchalik Rossiya jamoasining olti nafar vakili olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, Dvalishvili va uning do‘sti Saba Lazishvili esa jarima to‘lash bilan cheklangani haqida xabar berilgan.

Biroq 17 noyabr kuni sud Usman Nurmagomedov va uning jamoadoshlarini ozod qilish haqida qaror qabul qildi. Ularga belgilangan jarimalar ham ikki baravarga kamaytirildi.

Merab mojaroni yakunlamoqchi

Dvalishvilining Axmedga murojaati mojaro ishtirokchilari o‘rtasidagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan. U rossiyalik sportchi bilan shaxsan uchrashishga ham tayyorligini bildirdi.

Endi Gadjimagomedovning bu uzrga qanday munosabat bildirishi qiziqish uyg‘otmoqda. MMA olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Abu-Dabi mojarosi shu tariqa yangi bosqichga o‘tdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?