Turkiyada ota o‘g‘lining o‘yinchoq mashinasiga havas bilan qaragan bolaga ham shunday mashina sovg‘a qildi (video)

1 daqiqa o'qish20
Turkiyada ota o‘g‘lining o‘yinchoq mashinasiga havas bilan qaragan bolaga ham shunday mashina sovg‘a qildi (video)

Turkiyada bir otaning mehribonligi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. U o‘g‘liga olib bergan akkumulatorli o‘yinchoq mashinasiga havas bilan qarab turgan boshqa bolani ko‘rib, unga ham xuddi shunday sovg‘a qilishga qaror qildi. Bu haqda Linkedin xabar berdi.

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda ota dastlab o‘z o‘g‘lining qizil akkumulatorli mashinani ko‘chada haydab yurganini tasvirga olgani aks etgan.

Keyinchalik videoni qayta ko‘rib chiqar ekan, u orqa fonda turgan va o‘yinchoq mashinaga havas bilan qarab turgan bolakayni payqab qolgan. Noma’lum bolaning bu holati otani befarq qoldirmagan.

U bolakayni izlab topib, unga ham xuddi shunday akkumulatorli o‘yinchoq mashina sovg‘a qilgan. Shu tariqa ota yana bir bolaning quvonchiga sababchi bo‘lgan.

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik otaning bag‘rikengligi va bolalar quvonchiga befarq bo‘lmaganini e’tirof etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?