Qashqadaryoda kredit qarzlari uchun tanish ayolni o‘ldirishga uringan erkak 12 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish0
Qashqadaryoda kredit qarzlari uchun tanish ayolni o‘ldirishga uringan erkak 12 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashovchi 35 yoshli erkak kreditlarini to‘lash uchun pul topish maqsadida tanish ayolning uyiga bosqinchilik qilish uchun bostirib kirdi. U qurol sifatida pichoq va temir seyfni kesish uchun bolgarka olib borgan. Sud hukmi bilan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, uch nafar farzandning otasi bo‘lgan erkak kreditlari mavjudligi sababli pulga muhtoj bo‘lib qolgan. U bozorda non sotish va foiz evaziga pul berish bilan shug‘ullanuvchi tanish ayolning uyida ko‘p miqdorda pul bor deb taxmin qilgan va uning xonadoniga bosqinchilik qilishni rejalashtirgan.

2026 yil 7 aprel kuni ertalab soat 07:00 atrofida u tibbiy niqob taqib, yoniga pichoq va bolgarka olib, ayolning uyiga bostirib kirgan. Eshikni ochgan ayolni tepib yiqitgan va undan pulni talab qilgan. Bosqinchi ayolga «Pullaring qayerda? Chiqarib ber, o‘ldiraman!» deb tahdid qilib, uning tanasiga 15 marta pichoq urgan.

Shu payt uyda bo‘lgan jabrlanuvchining 14 yoshli qizi voqeani ko‘rib qolgan. U balkondan qo‘shnilarni yordamga chaqirib baqirgan. Atrofdagilar eshitib qolishidan qo‘rqqan bosqinchi ko‘zlagan maqsadiga erishmay, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi ayolning hayoti saqlab qolingan.

Sud hukmi bilan erkak qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?