Dubayda hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan o‘zbek do‘konlari ochiladi

1 daqiqa o'qish1.2K
Dubayda hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan o‘zbek do‘konlari ochiladi
Foto: «Dunyo» axborot agentligi
Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy safar bilan borgan O‘zbekiston «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Xususan, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Sheikh Zayed Grand Mosque majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilgan. Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabi amirligida bo‘lib o‘tadigan «Shayx Zoid» festivalida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashilgan.

Precise group kompaniyalar guruhi prezidenti L.Xoxman bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniyaning esdalik sovg‘alarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan.

Muzokaralar natijasida joriy oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda Precise group kompaniyasiga tegishli savdo maydonida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konini tashkil etishga to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?