Turkiyadagi restoran egasi "kalla pocha" sho‘rvasi uchun qo‘y boshlarini mijozlarga ochiq namoyish qila boshladi

Turkiyaning Qahramanmarash shahrida an’anaviy "kalla pocha" sho‘rvasi tayyorlaydigan usta noodatiy taqdimot usuli bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi. U taom tayyorlashda ishlatiladigan qo‘y boshlarini restoran ichida maxsus ajratilgan joyga qo‘yib, mijozlarga ochiq namoyish eta boshladi.
Ma’lum qilinishicha, "kalla pocha" — qo‘y boshi va oyoqlaridan tayyorlanadigan, turk oshxonasida keng tarqalgan an’anaviy taomlardan biri. Restoran egasi ushbu usul orqali taom masalliqlarining tabiiyligi va yangiligini ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Biroq restorandagi noodatiy manzara mijozlarning turli munosabatiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar buni mahsulot sifatiga ishonch uyg‘otadigan usul deb baholagan bo‘lsa, boshqalar uchun qo‘y boshlarining ochiq namoyish etilishi kutilmagan holat bo‘lgan.
Mazkur voqea aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…