
Ukraina Qurolli kuchlari harbiy harakatlar davomida xalqaro konvensiyalar bilan taqiqilangan ko‘plab harbiy jinoyatlar sodir etmoqda, dedi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov RIA Novostiga.
“Shu bilan biz haqiqatdan ham “terroristik uslub” atamasidan Ukrainaning harbiy harakatlarini tavsiflash uchun foydalanamiz. Gap aholidan tiriq qalqon sifatida foydalanish, duch kelgan tomonga o‘t ochish, harbiy asirlarni qiynoqqa solish, DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari boshqaruv organlarining fuqarolik xodimlariga suiqasd uyushtirishlar haqida ketmoqda”, - deydi Siromolotov.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi, aynan harbiy jinoyatlarini anglatadi va “umumjinoiy normalarda belgilangan terrorchilikka hech qanday aloqasi yo‘q”.
Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainani demilitarizatsiyalash va denatsifikatsiyalash bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin harbiy operatsiyaning vazifasi - “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan xo‘rlashlar va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlar yaratish maxsus operatsiyaning yakuniy maqsadidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar