Seul osmonida O‘zbekiston bayrog‘i: kutilmagan manzara barchaning e’tiborini tortdi

Seul osmonida O‘zbekiston bayrog‘i: kutilmagan manzara barchaning e’tiborini tortdi

15 sentyabr kuni Seul aholisi osmonida noodatiy manzaraga guvoh bo‘ldi. Janubiy Koreya poytaxti uzra O‘zbekiston bayrog‘i ranglaridagi dirijabl parvoz qildi. Moviy, oq va yashil ranglar uyg‘unligi megapolis osmonida o‘ziga xos ko‘rinish hosil qildi.

Dirijablning Seul osmonida paydo bo‘lishi O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasiga to‘g‘ri keldi.

Mazkur ramziy tashabbus orqali Seul aholisi va shaharga tashrif buyurgan xorijliklarga O‘zbekistonni yana bir bor tanitish, mamlakatning milliy qadriyatlari va davlat ramzlarini namoyish etish maqsad qilingan.

Seul osmonidagi O‘zbekiston bayrog‘i ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning ramziy ifodasiga aylandi. Seul dunyoning eng yirik va texnologik jihatdan rivojlangan shaharlaridan biri hisoblanadi. Ana shunday zamonaviy megapolis osmonida O‘zbekiston bayrog‘i ranglarining namoyon bo‘lishi e’tiborli manzaraga aylandi.

Bu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi va istiqbolli bosqichga ko‘tarilayotganini ifodalovchi ramziy qadam sifatida baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar