Varshavada robotlar namoyishga chiqdi (video)

Varshavada robotlar namoyishga chiqdi (video)

Polsha poytaxti Varshavada qariyb 30 ta robot sun’iy intellekt va robotlashtirishni tartibga solishni talab qilib, namoyishga chiqdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

7 sentyabr kuni Polsha Raqamli ishlar vazirligi binosi oldida o‘tkazilgan noodatiy aksiyada odamsimon robotlar va robot-itlar qatnashdi. Robotlar bayroqlar ko‘tarib, ovoz kuchaytirgichlar orqali turli shiorlarni yangratgan.

Namoyish davomida «Ish o‘rinlarini himoya qiling», «Qoidalar vaqti keldi» hamda «Kutmang, tartibga soling» mazmunidagi chaqiriqlar yangragan.

Aksiya Democratism tashabbusi tomonidan tashkil etilgan. Tashkilotchilar sun’iy intellekt va robotlashtirishning mehnat bozoriga ta’siri, xususan, odamlarning ish o‘rinlari texnologiyalar tomonidan egallanishi mumkinligi yuzasidan jamoatchilik muhokamasini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Polsha raqamli ishlar vaziri Kshishtof Gavkovskiy ham namoyishchilar bilan uchrashib, sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar