Astanada bloger bilan raqsga tushgan ikki turistik politsiya xodimasi ishdan bo‘shatildi (video)

Astanada bloger bilan raqsga tushgan ikki turistik politsiya xodimasi ishdan bo‘shatildi (video)

Qozog‘iston poytaxti Astanada ikki nafar turistik politsiya xodimasi misrlik sayohatchi bloger Ahmed Haggagovich bilan tushgan videosi ortidan ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Astana TV xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda «Xon Shatir» savdo-ko‘ngilochar markazi yaqinida politsiya formasidagi ikki xodima bloger bilan birga raqs harakatlarini bajarayotgani aks etgan. Videoning bir qismida bloger xodimalardan birini qo‘liga ko‘tarib, aylantirgan.

Video tarqalganidan so‘ng Astana shahar politsiya departamenti xizmat tekshiruvi o‘tkazgan. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, xodimalar xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xizmat etikasi va politsiya xodimlariga qo‘yiladigan xulq-atvor talablarini buzgan, deb topilgan. Shundan so‘ng har ikki xodima ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Politsiya departamenti xodimlar xizmat vaqtida va forma kiygan holda professional masofani hamda belgilangan muomala madaniyatini saqlashi kerakligini ta’kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar