1 507
Ukrainadagi urushning 266-kuni: Xersonda topilgan qiynoq kamerasi, Chornobayivkada istilo izlari (foto)

Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning 15 noyabr kungi hujumlari vaqtida ukrain shaharlari bo‘ylab yuzga yaqin raketa uchirilganini ma’lum qilishdi. Ukraina energetika vaziri German Galushchenko buni «urush boshidan buyon energetika infratuzilmalariga qilingan eng keng ko‘lamli hujum» deb atadi.
Ukraina harbiylari AQSH va ittifoqchilarga 15 noyabr kuni Polshada raketa qulagan joyga yaqin hududda rossiyaliklar raketasini to‘sishga uringani haqida ma’lumot berishgan.
AQSH yakuniy xulosa qanday bo‘lmasin, Polsha hududiga raketa qulashi uchun Rossiyani javobgar deb bilishini ma’lum qildi. RF TIV rossiyalik harbiylar ushbu hodisaga aloqadorligini butkul rad etmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati Xersonda rus harbiylari tomonidan shaharni okkupatsiya qilish vaqtida foydalanilgan «qiynoq kameralari» topilganini da’vo qilmoqda.
«Rus sidyashaya» inson huquqlari loyihasi asoschisi Olga Romanova xabar berishicha, «Vagner» guruhi a’zolari kamida 40 nafar urush qatnashchisini sudsiz qatl qilgan.
Quyida 16 noyabr, urushning 266-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Rossiyaliklarning Chornobayivkada tashlab ketilgan pozitsiyasi

Chornobayivka aeroporti hududida qolgan RF armiyasining yakson etilgan harbiy texnikasi. Chornobayivka — rossiyalik harbiylar tashlab chiqqan Xersondan 11 kilometr g‘arbda joylashgan. Chornobayivkada aeroport borligi tufayli, qishloq RF armiyasi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. 24 fevral kuniyoq Rossiya aeroport bo‘ylab zarbalar bergan, uch kun o‘tib uni egallab olgan. Shundan keyin Ukraina qurolli kuchlari muntazam ravishda aeroportni o‘qqa tutishdi — prezident ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich ma’lumotiga ko‘ra, 10 iyulgacha ukrain qo‘shini bu hududga 26 bor hujum uyushtirgan. 11 noyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Chornobayivkani ozod etishdi, 14 noyabr kuni Ukraina qishloq Rossiya tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylarining Chornobayivka aerodromida qoldirib ketgan harbiy texnikasi. Ukraina armiyasi Rossiyaning Chornobayivkadagi pozitsiyasiga muntazam ravishda va muvaffaqiyatli zarbalar bergan — bu haqda internetda memlar ham paydo bo‘lgandi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya harbiylarining Chornobayivka aerodromida vayron qilingan pozitsiyasi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyalik askarlar o‘g‘irlagan muzlatkichlar aeroport hududida
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain harbiylari aerodrom hududida topgan inson skeleti
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

RF armiya tomonidan foydalanilgan artilleriya snaryadlari
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersondagi gumanitar vaziyat

11 noyabr kuni ozod etilgan Xerson aholisi shahar bosh maydonida gumanitar yordam tarqatilishini kutmoqda. Xersonda suv quvuri va daryoning o‘ng sohilini ta’minlab kelgan yirik elektr stansiya vayron qilingan, shu tufayli shaharda elektr va ichimlik suvi, shuningdek aloqa bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Foto: Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Yegulik uchun navbatda turgan xersonliklar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Shahar aholisi Dneprdan suv olmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Xerson aholisi shahar markaziy maydonida selfi qilmoqda
Chris McGrath / Getty Images

Suv uchun navbatda turgan xersonliklar
Paula Bronstein / Getty Images

Xersonlik keksa yoshli ayol o‘z uyida sham yoqmoqda
Paula Bronstein / Getty Images
Xersondagi qiynoqlar qo‘llangan qamoqxona

Ukraina xavfsizlik xizmati 16 noyabr kuni Xersonda rossiyalik harbiylar foydalangan izolatorda «qiynoq kamera»si topilgani haqida xabar berdi. «Xersonliklar so‘roq qilingan va shafqatsizlarcha qiynoqqa solingan. Qiynoq kameralarini ko‘zdan kechirish chog‘ida huquq-tartibot organlari xodimlari qiynoq izlaridan darak beruvchi buyumlarni topishdi», deyiladi idora xabarida. Foto: Chris McGrath / Getty Images

Operator Ukraina tomoni talqiniga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Xerson aholisi vakillarini qiynoqlarga solgan qamoqxonani tasvirga olmoqda. Devorda «Slava Rossii!!! Slava Putinu!!! Slava Shoygu!!!» yozuvi
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA

Izolator xonalaridan biri devoriga yozilgan duo
Chris McGrath / Getty Images

Izolator kameralaridan birining polida yotgan elektr kabeli
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA

Xersondagi izolator xonalaridan birida polda yotgan Rossiya bayrog‘i
Murad Sezer / Reuters / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar