
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
2022 yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, bo‘lajak 2023 yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugungi kunda O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni uch yo‘nalishda: siyosat va xavfsizlik borasida, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
MDH makonida to‘laqonli erkin savdo hududini shaklantirish va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardilar. Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirdi, 40 dan ortiq ko‘p tomonlama bitimlarni imzoladi hamda MDHning 23 ta tarmoq organlariga qo‘shildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
2022 yilda O‘zbekistonning hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi, 1 mingdan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar