Ukraina harbiy mag‘lubiyatidan so‘ng, AQSH darhol Vladimir Zelenskiy va uning jamoasidan voz kechib, ular mamlakatga olib kelgan barcha dahshatlarni unutishga harakat qiladi, dedi Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor.
Amerikalik jurnalist Stiven Gardnerga bergan intervyu YouTube'da chop etilgan.
Kiyev armiyasi jang maydonida g‘alaba qozona oladimi, degan savolga mutaxassis rad javobini berdi.
"Kiyev, ehtimol, bu haqda oxirgi bo‘lib biladi va unga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi <...> Amerikaliklar Vetnamdan so‘ng qilgan ishni yana qilishadi. Biz qolgan texnikani Janubiy Xitoy dengizida tashlab ketdik, nazarimizda ular arzimagan pul turgan, qochib ketdik va buni boshqa hech kim esga olmadi", - dedi Makgregor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH havo va dengiz derjava sifatida, agar vaziyat ularning foydasiga hal bo‘lmasa, doim samolyot yoki kemaga o‘tirib, uyiga qaytish imkoniyatiga ega.
Iroq va Afg‘onistondagi harbiy yurishlar tarixiga to‘xtalar ekan, polkovnik amerikaliklarning xotirasi juda qisqa ekanligini va ular tezda Ukraina mavzusidan boshqa yangiliklarga o‘tishlari mumkinligini eslatdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)