
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Crocus City Hall' dagi hujumni izohlar ekan, Rossiya rahbari Vladimir Putin sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni «boshqa birovga» o‘tkazishga urinayotganini aytdi.
«Ular har doim bir xil usullarga ega. Bu oldin sodir bo‘lgan. Va portlatilgan uylar (1999 yilda Moskva va Ryazanda), qatl va portlashlar sodir bo‘ldi. Ular esa har doim boshqalarni ayblaydilar», — dedi Zelenskiy.
"Kecha bularning barchasi sodir bo‘ldi va Putin Rossiya fuqarolari bilan muomala qilish, ularga murojaat qilish o‘rniga, bir kun jim turdi - u buni Ukrainaga qanday bog‘lash haqida o‘yladi. Hammasini oldindan aytish mumkin”, - deya davom etdi Zelenskiy.
Putin 23 martdagi videomurojaatida terakt ijrochilari Ukraina chegarasiga ketayotgani, ukrain tomoni ularni o‘tkazishga tayyorlangani haqida iddao qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar