
Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida Shavkat Mirziyoev Eron prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Turli darajadagi faol aloqalar va samarali almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar soni ortib bormoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va tezkor amalga oshirish, Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish muhimligini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston va Eron yetakchilari xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar