11:25 / 12.11.2024
13

AQSH Suriyada eronparast guruhlar obyektlariga zarba berdi

AQSH Suriyada eronparast guruhlar obyektlariga zarba berdi
Foto: Baderkhan Ahmad/AP/picture alliance
AQSH qo‘shinlari 11 noyabr, dushanba kuni Suriyada Yaqin Sharqdagi eronparast guruhlarga aloqador to‘qqizta nishonga zarba berdi. Bu zarbalar so‘nggi 24 soat ichida Suriyadagi amerikalik xizmatchilarga qilingan hujumlarga javobdir, deya tushuntirdi AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM). Harbiylar javob zarbalari nishonida qaysi obyektlar bo‘lgani va qaysi guruhlar ularni nazorat qilgani haqida ma’lumot bermadi.

Zarbalar Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlarning Qo‘shma Shtatlar va xalqaro koalitsiya kuchlariga qarshi hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatini pasaytiradi, deya ta’kidladi CENTCOM. AQSH Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi Amerika harbiy kontingenti 900 ga yaqin kishini tashkil qiladi.

ISHID terrorchilariga qarshi kurash

Mintaqadagi xalqaro koalitsiya ISHID terrorchilariga qarshi kurashmoqda. Oktyabr oyida Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi havo hujumlari davomida 35 nafargacha ISHID jangarisi yo‘q qilinganini e’lon qilgan edi.

ISHID so‘nggi yillarda Suriya va Iroqda qo‘lga kiritgan hududlarining katta qismini yo‘qotdi. Biroq, terrorchilar bu mamlakatlarda vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Suriyada eronparast guruhlar obyektlariga zarba berdi