Rossiya Zaporijjya va Kriviy Rigga raketa zarbalari berdi: kamida 12 kishi halok bo‘lgan

1 daqiqa o'qish201
Rossiya Zaporijjya va Kriviy Rigga raketa zarbalari berdi: kamida 12 kishi halok bo‘lgan
Foto: State Emergency Service of Ukraine in Sumy region/Handout/REUTERS
6 dekabr, juma kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning sharqiy mintaqalari – Zaporijjya va Kriviy Rigga zarbalar berdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari Telegram-kanallarida xabar tarqatdi.

«To‘qqiz kishi halok bo‘ldi, o‘n yetti kishi yaralandi, shu jumladan ikki bola — dushmanning Zaporijjyani o‘qqa tutishi qurbonlari soni ortdi», deb yozdi Zaporijjya oblast ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov Kiyev vaqti bilan soat 20.00 da. Telegram'dagi yozuvlarga ko‘ra, zarbaning o‘zi ikki soat oldin sodir bo‘lgan.

Keyinroq 10 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi yaralangani, qurbonlardan biri, 23 yoshli erkakning ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum bo‘ldi. «Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi (TXS) vayron bo‘ldi, yaqin atrofdagi uylar va do‘konlarga zarar yetdi», deb yozadi Fedorov. Avvalroq Ukraina Bosh prokuraturasi 6 dekabr kuni taxminan soat 18.00da Rossiya armiyasi Zaporijjya rayonlaridan birini avianishonga olgani haqida xabar bergan edi.

Kriviy Rigda, Dnipropetrovsk oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning xabar berishicha, hujum nishoni uch qavatli ma’muriy bino bo‘lgan. Ikki kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi, ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizildi.

Oblastning Nikopol, Marganets, Pokrov va boshqa kichik shaharlari ham rus qo‘shinlari tomonidan hujumga uchragan — ularda ikki kishi yaralangan. 13 ta xususiy uy, yettita xo‘jalik binosi, beshta garaj va uchta mashina shikastlangan, deb yozadi Lisak.

Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi 1000 kundan ortiq davom etayotgan tajovuzkor urushi boshlanganidan beri Rossiyaning Ukraina shaharlariga havo hujumlari deyarli har kuni sodir bo‘lyapti. Rossiya va uning qurolli kuchlari rasmiylari Rossiya armiyasi Ukrainadagi faqat harbiy nishonlarga hujum qilishini da’vo qilishda davom etmoqda, biroq bu da’volar mustaqil manbalar, jumladan jurnalistlar tomonidan bir necha bor rad etilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?