Foto: China 14th Bureau Group
Xitoylik mutaxassislar dunyodagi eng katta suvosti Szinan-Xuangan tunneli qurilishini yakunladi. New Atlas'ning yozishicha, 3290 metrli tunnel Xuanxe daryosi ostidan, 30 metrli chuqurlikda o‘tgan.
Qayd etilishicha, suvosti tunneli uzunligi 5755 metrga teng Xuangan-Roud-Kross-Xuan magistralining tarkibiga kiradi. Tunneldan o‘tadigan olti polosali yangi shosse orqali turli transport vositalari soatiga 60 kilometrgacha tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.
Tunnel diametri 17 metrni tashkil etadi — bu uning Buyuk Britaniya va Fransiyani bog‘lab turuvchi La-Mansh ostidan o‘tgan mashhur Yevrotunneldan ham kattaligini anglatadi (uning diametri 7,6 metrga teng).
Xitoy tunnelining qurilishida dunyodagi eng katta «Shanxe» burg‘ilovchi mashinasidan foydalanilgan — uning balandligi besh qavatli uyniki bilan teng. Mashina 7510 ot kuchiga ega, aylanuvchi momenti esa 35 ming kilonyuton-metrni tashkil etadi.
Qurilish davomida maxsus avtomatik havo yostiqchalari tizimidan foydalanilgan bo‘lib, u bosimni barqarorlashtirishga, konstruksiyani ushlab turish va suv bosish ehtimolining oldini olishga yordam bergan.
Tunnel bir vaqtning o‘zida ikkita rekord o‘rnatdi: birinchisi — diametri bo‘yicha, ikkinchisi — qurilish vaqti bo‘yicha. Bu qadar katta loyiha 110 kun ichida yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi