Emmerson Mnangagva Foto: Vladimir Smirnov/ TASS
Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzolandi, deb xabar beradi Euronews.
Yangi qonun nafaqat jinoyatchilarni oʻlimga hukm etishni taqiqlaydi, balki sudlarga oliy jazoga hukm qilingan barcha mahbuslarning ishlarini qayta koʻrib chiqish majburiyatini ham yuklaydi. Hisob-kitoblarga koʻra, hozirda mamlakatda 60 ga yaqin mahbus oʻlimga hukm qilingan. Ushbu jazo turi oʻrniga umrbod qamoq jazosi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar qoʻllanadi.
Qayd etilishicha, Zimbabveda oʻlim jazosi oxirgi marta 2005 yilda ijro etilgan. Mnangagva hokimiyat tepasiga kelganidan keyin bir necha bor oʻz prezidentlik vakolatlaridan foydalangan holda oʻlimga hukm qilinganlar jazosini umrbod qamoq jazosiga oʻzgartirgan.
Mamlakatning amaldagi prezidentining oʻzi 1960 yillarda, Zimbabve mustaqilligi uchun urush davrida poyezdni portlatgani uchun oʻlimga hukm qilingan, ammo keyinroq jazo 10 yillik qamoq muddatiga oʻzgartirilgan.
Keniya, Liberiya va Gana kabi Afrika davlatlari ham yaqinda oʻlim jazosini bekor qilish yoʻnalishida «ijobiy qadamlarni» tashlagan, ammo ular bu boradagi qonunni qabul qilganicha yoʻq.
Amnesty International ma'lumotlariga koʻra, dunyoning 113 ta davlatida oʻlim jazosi bekor qilingan. 2023 yilda dunyo boʻylab 1,2 ming kishi qalt etilgan — ularning aksariyati Eron va Saudiya Arabistoni hisobiga toʻgʻri keladi. Undan keyingi oʻrinlarda Somali va AQSh turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In hotdog eyishni taqiqladi
Ukrainaga Kursk oblastidagi "yangi yurish" nega kerak?
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Ilon Maskka keskin ayblov qoʻydi
Abduqodir, “Real”ga oʻtasanmi yoki “Manchester Siti”ga?
Oʻzbekistonga yana sovuq havo kirib kelmoqda
Apple oʻzboshimchalik bilan foydalanuvchi suratlarini skanerlay boshladi
Zelenskiy podkastda sanktsiyalar, sulh va Lukashenkoning uzri haqida gapirdi: «Bu *****, kechirasiz»
Toshkentda jamoat transportlariga naqd pul bilan toʻlov qilganlar jarimaga tortiladi