11:25 / 09.01.2025
53

Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi

Trampning soʻzlaridan keyin Meksika prezidenti Amerika nomini oʻzgartirishni taklif qildi
Foto: Instagram / claudia_shein
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Meksika koʻrfazini Amerika koʻrfazi deb qayta nomlash niyati haqidagi soʻzlaridan keyin Amerikaga tarixiy nomni qaytarishni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tramp avvalroq Meksika koʻrfazini Amerika koʻrfazi deb qayta nomlashi, bu uning siyosatining bir qismi boʻlishini ta'kidlagandi. U administratsiya koʻrfaz nomini qachon oʻzgartirishini ochiqlamagan. Biroq bu haqda yaqin kelajakda e'lon qilinishini aytgan.

Vakillar palatasi a'zosi Marjori Teylor Grin esa shunga oid qonun loyihasi tayyorlagani va uni taqdim etishni rejalashtirgani bildirgan.

Sheynbaum ta'kidlashicha, “Meksika koʻrfazi” nomi xalqaro institutlar tomonidan allaqachon tan olingan. Bunga javoban u butun qit'aga Meksika Amerikasi deb tarixiy nom berishni taklif qildi.

BMT va uning agentligi tomonidan Meksika koʻrfazi nomining tan olinganligi aniq. Lekin nima uchun biz (Shimoliy Amerikani) Meksika Amerikasi deb atamaymiz? Juda chiroyli eshitiladi, shunday emasmi? Aslida, 1607 yildan, Apatsingan asos solinganidan beri, u Meksika Amerikasi boʻlgan, degan Sheynbaum va qit'aning tarixiy xaritalarini koʻrsatgan.

Sheynbaum administratsiyasi maslahatchisi Xose Alfonso Suares del Real ta'kidlashicha, Meksika qoʻltigʻining nomi XVI asrdan beri xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, u AQSh davlatidan ham qadimiyroqdir.

Trampning tahdidlari

2024 yil dekabr oyining oxirida Donald Tramp bir necha bayonotlarida AQShning Panama kanali va Grenlandiya ustidan nazoratni oʻrnatishi “Amerika milliy xavfsizligi” masalasi ekanini ta'kidlagan. 7 yanvarda oʻtkazilgan matbuot anjumanida u Panama kanali va Grenlandiyani qoʻlga kiritish uchun harbiy yoki iqtisodiy bosim oʻtkazish ehtimolini rad etmagan. Shuningdek, Tramp Kanadaga AQSh tarkibiga qoʻshilishni taklif qilgan.

Daniya hukumati dekabr oyida Grenlandiya mudofaasiga ajratiladigan mablagʻni kamida 1,5 milliard dollarga oshirishini e'lon qildi. Bundan tashqari, qirollik oʻzining rasmiy gerbini oʻzgartirib, unda Grenlandiya va Farer orollari ramzlarini kattalashtirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo